Ilmiy-izlanish ishlari
«O‘zstandart» Agentligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI).
«O‘zstandart» Agentligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI) Markaziy Osiyo xududida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sifatni boshqarish sohasida ilmiy-tadqiqot instituti va malaka oshirish markazi sifatida yagona bo‘lib hisoblanadi.
SMSITI quyidagi masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi:
- Davlat standartlashtirish tizimini (O‘z DST) va Milliy sertifikatlashtirish tizimini (O‘zR MST) takomillashtirish va rivojlantirish;
- O‘zbekiston Respublikasida metrologik ta’minlash asoslarini o‘lchash birliklarini ta’minlovchi me’yoriy bazasini ishlab chiqarish va takomillashtirish;
- Texnikaviy iqtisodiy va sotsial ma’lumotlarni tasniflash va kodlashni yagona tizimini tadqiqot qilish va rivojlantirish;
- Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasi doirasida atamalarni va aniqlovchilarni ishlab chiqish.
SMSITI O‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmati Bosh markazi, O‘zbekiston Respublikasi standart namunalarining Bosh markazi, O‘zbekiston Respublikasining buzilmas nazoratining Bosh markazi vazifasini bajaradi.
Davomi




