Savol va javoblar
| Javob chop etilgan sana | 01.04.2011 |
|---|
Mualliflik huquqi qanday huquqlarni beradi?
Asarlari mualliflik huquqi tomonidan himoyalanadigan mualliflar va ularning merosho’rlariga belgilangan huquqlar beriladi. Ular asardan foydalanish yoki kelishilgan shartlarga binoan boshqa shaxslarga foydalanish uchun huquq berishga mutlok huquq egalari bo’ladi. Asar muallifi qo’yidagilarga ro’xsat berishi yoki taqiqlashi mumkin:
- uni har qanday shaklda ko’paytirish, masalan yozuv nashri ko’rinishida yoki ovoz yozish yo’li bilan;uni omma oldida ijro etish, masalan teatr pyesada yoki musiqiy asarda;
- uni yozib olish, masalan kompakt-diskga, kassetalarga yoki videotasmaga;
- uni uzatish vositalari bilan habardor kilish, masalan radio, sim (kabel) yoki sputnik aloqasi orqali;
- uni boshqa tillarga tarjima qilish.
Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan san`at va man`aviyat asarlarning ko’plarini ommaga etqazish kerak (masalan, yozuv nashrlari, ovoz yozuvi, filmlar), bu esa pul mablag’larini talab qiladi; shuning uchun mualliflar ushbu badiiy asarlarni ko’paytirish va sotish uchun hamma narsasi yetarli bo’lgan ayrim shaxslarga yoki kompaniyalarga o’z asarlariga bo’lgan huquqlarini sotadilar. Bu asarlar uchun mualliflik haqining miqdori ko’pincha asardan foydalanish hajmiga bog’liq bo’ladi, bu taqdirda mualliflik haqining o’zi esa royalti deb nomlanadi.
VOIS ning tegishli sharntomalarning shartlariga ko’ra, mulkiy huquqlarning himoyasi muallifning vafotidan keyin 50 yilgacha chegaralangan. Milliy qonunchilik bundan ham uzoq muddatlarni qo’yishi mumkin. Shunday tarzda belginlangan quriqlash muddatlari mualliflarga va ularning merosxo’rlariga ma`lum vaqt ichida iqtisodiy foydani olish imkoniyatini yaratadi. Mualliflik huquqi sohasiga shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoyalash ham kiradi, bu esa mualliflikni talab qilish huquqini, muallif obro’siga putur etqazadigan o’zgartirishlarni asarga kiritilishini taqiqlash huquqi.
Asrarning muallifi yoki mualliflik huquqining egasi noqonuniy saqlangan yoki ishlab chiqarilgan himoya qilinadigan asarning aslidan olingan kontrafakt nusxalarni izini topish maqsadida binolarni ko’rish yo’li bilan o’z huquqlarini ma`muriy yoki sud tartibida amalga oshirishi mumkin. Huquq egasi bunday faoliyatni sud orqali taqiqlashi va moddiy foydani yo’qotganligi natijasida keltirilgan zarar uchun kompensatsiyani talab qilishi hamda muallif ekanligini e`lon qilinishini talab qilishi mumkin.




