Ommаviy аxborot vositаlаri
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.
Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan.
O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi.
- Qo'shimcha ma'lumotlar manbai:
- “Ommаviy аxborot vositаlаri to`g`risidа”gi O`zbekiston Respublikаsi qonuni
- «Аxborot erkinligi printsiplаri vа kаfolаtlаri to`g`risidа»gi O`zbekiston Respublikаsining qonuni
- “Jurnаlistlik fаoliyatini himoya qilish to`g`risidа”gi O`zbekiston Respublikаsining qonuni
- “Noshirlik fаoliyati to`g`risidа”gi O`zbekiston Respublikаsining qonuni
- O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi, erkinligi kafolatlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumot (01.07.2011)




