Kengaytirilgan qidiruv

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining 20 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida


28.01.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, milliy aviatsiyamizni xalqaro standartlarga muvofiq ravishda rivojlantirish, shu sohadagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”

Almamedov Alidjon Inayatovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari

Gurfinkel Stanislav Mixaylovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bosh shturmani

Mavlyankulov Maxamedamin Raximovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasi “Boing” havo kemasining komandiri

Ko‘p yillik samarali mehnati, fuqaro aviatsiyasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash borasida erishgan yutuqlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Tyan Valeriy Nikolayevich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktori

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Baxronov Toxir Saidovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Buxoro” xalqaro aeroporti direktori

Ismoilov Ilxom Ruzimovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasining “Boing” havo kemasi komandiri

Karimov Ravil Anvarovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi sex boshlig‘ining o‘rinbosari

Nurmatov Dilshatjon Axmatovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Maxsus aviatsiya ishlari kompaniyasi Qarshi aviazvenosining komandiri

“Do‘stlik” ordeni bilan

Belsos Ivan Dimitris – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazining muhandisi

Zak Iosif Eduardovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘quv-mashg‘ulot markazining katta uchuvchi-yo‘riqchisi

Raximova Nazira Rustamovna – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasining bortkuzatuvchi-yo‘riqchisi

Stankevich Andrey Viktorovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasining ”RJ-85” havo kemalari bo‘yicha uchuvchi-yo‘riqchisi

“Shuhrat” medali bilan

Allambergenov Janabay Kalibayevich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Maxsus aviatsiya ishlari kompaniyasining Nukus aviatsiya-texnika bazasi uchastka boshlig‘i

Gvozdev Vladimir Aleksandrovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasining uchuvchi-yo‘riqchisi

Djafarov Nadjaf Ikramovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “O‘zaeronavigatsiya” markazining radiolokatsiya, radionavigatsiya yetakchi muhandisi

Zabirov Ilyas Rizayevich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasi “A-310” havo kemasining komandiri

Zakirov Dilshod Tulkunovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasi “Boing” havo kemasining komandiri

Ibragimov Ilxam Karimovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Maxsus aviatsiya ishlari kompaniyasi uchuvchilar otradi komandirining o‘rinbosari

Yunusov Tal’at Tulkunovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi G‘arbda ishlab chiqarilgan komponentlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash majmuasining chilangari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012 yil 27 yanvar


Manba: O`zA